Toshkentda “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman boshlandi. Anjumanda dunyoning 22 mamlakatidan 70 nafardan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar, xususan, zamonamizning mujtahid olimlaridan shayx Muhammad Taqiy Usmoniy, shayx Muhammad Avvoma, Nazir Muhammad Ayyod, Arshad Madaniy ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 13 iyunʻ kuni Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi. Bu haqda elchixonaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi. 74 yoshli Sunario Kartadinata 2019 yildan beri Oʻzbekistonda diplomatik faoliyat olib borayotgandi. Hozircha elchixona uning oʻlimi sababini ochiqlamagan.
Oʻzbekiston Jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasi boʻlgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan shisha uloqtirgan.
Prezident topshirigʻiga koʻra, «Toshkent Qurʻʻoni» nomi bilan mashhur boʻlgan Usmon mushafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilgan. Ushbu kitob Toshkentdagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining «Moʻyi Muborak» madrasasidagi muzey-kutubxonasida saqlanmoqda. Qoʻlyozma uchinchi xalifa Usmon ibn Affon topshirigʻi bilan VII asrda hijoz yozuvida qayta yozilgan.
Toshkentning uchta tumanida atmosfera havosini ifloslantirayotgan 160 ta korxona, jumladan, beton, un va mato-gazlama ishlab chiqaruvchi tsexlar chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish boʻyicha ogohlantirildi.