turk davlatlari
-
Tarix sahifalarini varaqlasak, turkiy xalqlarning eng buyuk davrlari ular birlashgan paytlarga toʻgʻri kelishini koʻramiz. Buyuk Xoqonliklar, Oltin Oʻrda, Usmoniy saltanati, Chigʻatoy ulusi, Xiva va Qoʻqon xonliklari – bularning barchasi turkiy xalqlarning qudrati bir markazda jamlanganda gullab-yashnaganiga yaqqol misol.
-
Ozarbayjonda Made in Turan brendi ostidagi mahsulotlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Turkiy davlatlarning umumiy tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan ilk mahsulotlar milliy taomlar va kiyim-kechaklar boʻlishi maʻʻlum qilindi.
-
Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida ikki kunlik Turkiy davlatlar sunʻʻiy intellekt forumi ish boshladi. Tadbir davomida sunʻʻiy intellektdan foydalanishning axloqiy va huquqiy jihatlari, shuningdek, sunʻʻiy intellekt loyihalari va startaplariga sarmoya jalb etishni muhokama qilish koʻzda tutilgan.
-
Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashi huzuridagi Fatvo hayʻʻati yigʻilishida turkiy davlatlarda oila, nikoh va ajrim borasidagi muammoli masalalarni oʻrganib, jamoaviy fatvo ishlab chiqishga kelishib olindi. Ushbu taklif Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ilgari surildi.
-
Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qozogʻiston, Ozarbayjon va Oʻzbekiston energetika vazirliklari rahbarlari respublikalar energetika tizimlarini integratsiyalashuvi boʻyicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat Kaspiy dengizi tubi boʻylab va boshqa davlatlar hududi orqali yotqiziladigan yuqori volʻtli kabelʻ yordamida energiya tizimlarini ulash imkoniyatlarini oʻrganishni nazarda tutadi.
-
Yanvarʻ-fevralʻ oylarida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 1 mlrd dollarga yoki 10,5 foizga oʻsib, 9,92 mlrd dollarni tashkil etdi. Turkiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan savdo aylanmasi hajmi qisqardi. Pokiston birinchi marta Oʻzbekiston meva-sabzavotlarining asosiy bozoriga aylandi.
- 01

















