Rossiya prezidenti Vladimir Putin etakchi axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda Gʻazodagi vaziyat haqida toʻxtalib, u erda boʻlayotgan voqealarni urush emas, balki tinch aholining butunlay yoʻq qilinishi deb atadi. Shu bilan birga, Rossiya etakchisi HAMASning harakatlarini qoʻporuvchilik sifatida baholadi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Markaziy Osiyo davlatlari urushda betaraf boʻlishiga qaramasdan, "Kremldan qoʻrqqani uchun RF tomonga moyilroq" ekanini taʻʻkidladi. Bunga Qozogʻiston javob qaytardi.
Rossiya qoʻshinlarining Xarkovdagi qurilish gipermarketiga bergan zarbasi natijasida halok boʻlganlar soni 15 kishiga etdi. Maʻʻlumotlarga koʻra, 43 kishi jarohatlangan, yana 16 kishi bedarak yoʻqolgan.
Ukraina qoʻshinlari Rossiyaning Belgorod shahrini oʻqqa tutishi natijasida bir kunda 19 kishi halok boʻldi. Qurbonlarning 3 nafari bevosita hujumlarda hayotdan koʻz yumgan boʻlsa, 15 nafari 10 qavatli uyning kirish yoʻlagi qulashi natijasida olamdan oʻtgan. Shuningdek, 27 kishi jarohatlandi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi. U Istanbul shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan yopiq eshiklar ortida uchrashdi. Uchrashuvdan soʻng har ikki davlat rahbarlari jurnalistlar uchun bayonot berdi. Bayonotdagi asosiy fikrlar.
Saudiya Arabistoni Ukrainaga issiq koʻrpa, gigiena vositalari hamda 20 dan 400 kVt gacha boʻlgan 135 ta generatordan iborat 100 mln dollarlik gumanitar yordam joʻnatdi. Saudiya Ukrainaga birinchi marta yordam berayotgani yoʻq. Oktyabrʻ oyida mamlakat Kievga 400 mln dollar ajratgandi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi, sobiq prezident Dmitriy Medvedev Sochida boʻlib oʻtgan yoshlar festivalida Ukraina Rossiyaniki ekanini aytib, RF chegaralarining kengaytirilgan xaritasini koʻrsatdi. Unda Ukraina hududining katta qismi Rossiya, Polʻsha, Ruminiya va Vengriya oʻrtasida boʻlib olingan boʻlib, Kiev viloyati kattaligidagi qismi “Ukraina” deb koʻrsatilgan.
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Olaf Sholʻts oʻrtasida Ukrainaga harbiy yordam masalasidagi kelishmovchiliklar siyosiy munozaradan ochiq adovatga aylanib bormoqda.
BMT Ukrainadagi urushning birinchi kunidan buyon Ukrainada 10382 kishi, jumladan 579 nafari bolalar halok boʻlganini, yana 19659 kishi, jumladan 1285 nafar bola jarohatlanganini maʻʻlum qildi.
Evropa Ittifoqi Ukrainaga oʻz byudjetidan 50 milliard evro miqdorida qoʻshimcha yordam paketini kelishib oldi. Ushbu yordam paketi Ukrainaga 2024-2027 yillarda taqdim etiladi.