Ukrainadagi urush
-
BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi maʻʻlumotlariga koʻra, 2014 yildan beri Ukraina aholisi taxminan 10 million kishiga kamaydi (faqat 2022 yildan soʻng – 8 millionga). Jumladan, 6,7 million kishi qochqin sifatida xorij mamlakatlariga chiqib ketdi. Shuningdek, urush paytida kamida 11973 nafar tinch aholi halok boʻlgan.
-
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) Rossiya-Ukraina mojarosining davomiyligi yuzasidan oʻz prognozini qayta koʻrib chiqdi. Hozirgi tayanch stsenariy janglar 2025 yil oxirigacha, salbiy stsenariyda esa 2026 yilning oʻrtalariga qadar davom etishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Ayni paytda aksariyat tahlilchilar Oq uyda maʻʻmuriyat oʻzgarishi fonida mojaro kelasi yildayoq barham topishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
-
Rossiya fuqaroligini olish uchun Ukrainadagi urushda qatnashgan va yaralanib, Oʻzbekistonga qaytgan samarqandlik 56 yoshli erkak uch yilga qamaldi. Uning telefonidan RF harbiy guvohnomasi, jarohatlangani haqidagi maʻʻlumotnoma va Rossiya pasporti rasmlari chiqqan.
-
Rossiya qoʻshinlari qariyb ikki yillik urinishlar va katta yoʻqotishlardan soʻng Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Ugledar shaharchasini egallash arafasida turibdi. Ushbu strategik muhim shaharni himoya qilib kelayotgan ukrain gornizoni charchagan va dastakka muhtoj.
-
Rossiya boshqariluvchi aviabombalar yomgʻiri va piyodalar hujumi orqali Ukraina sharqida ilgarilamoqda. Bir hafta ichida 57 kv km ukrain zaminini oʻziga qoʻshib oldi. Tinch aholi evakuatsiya qilinmoqda.
-
Rossiya sudlari Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon 53 nafar faol va muxolifatchini majburiy psixiatrik davolanishga hukm qildi.
-
Rossiya Davlat Dumasi deputati, Oila masalalari qo‘mitasi rahbari Nina Ostanina Ukrainadagi “maxsus operatsiya” Rossiyada tug‘ilish darajasi va bolali oilalarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi. U 300 ming chaqiriluvchi va shuncha ko‘ngillining harbiy amaliyotlarga jalb etilishi tug‘ilish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Qayd etilishicha, 2024-yilning dastlabki besh oyida Rossiya aholisi 282 ming kishiga kamaygan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45 ming kishiga ko‘pdir.
-
Қирғизистон суди Россия қўшинлари сафида Украинадаги урушда иштирок этган мамлакат фуқаросига нисбатан ҳукм ўқиди. Фуқаро хорижий давлат ҳудудидаги қуролли можароларда иштирок этиш тўғрисидаги модда бўйича айбдор деб топилиб, беш муддатга қамалди. Собиқ ёлланма аскар ҳукмдан норози ва аллақачон апелляция аризасини топширган.
-
6 aprelga oʻtar kechasi Rossiya qoʻshinlari Ukrainaga 32 ta hujumchi uchuvchisiz uchoqlar, shuningdek, turli koʻrinishdagi oltita raketa bilan hujum qildi. Natijada Xarʻkov va Zaparojʻe viloyatlarida turar-joy binolari, ijtimoiy obʻʻektlar hamda yuk va engil avtomobillar zarar koʻrdi, 6 kishi halok boʻldi, 11 kishi yaralandi.
-
Rossiya musulmonlari diniy assambleyasi rahbari, muftiy Albir Kgranov Ukrainada urush olib borayotgan rossiyalik musulmon harbiylarga Ramazon oyida roʻza tutmaslikka ruxsat berdi.





















