ummat hayoti
- 01
Azon Global tahririyati bosh idorasida Umma Life ijtimoiy tarmogʻi asoschilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ustozimiz Mubashshir Ahmad loyiha rahbari Iso Dogʻistoniy bilan suhbat davomida musulmonlar uchun yagona boʻlib turgan ijtimoiy tarmoqni rivojlantirish boʻyicha mulohazalarini bildirdilar, shuningdek, oʻzbek foydalanuvchilarining takliflarini etkazdilar. Jumladan, tarmoqning musiqa bilan bogʻliq talablari boʻyicha umumiy echim taklif qilindi.
Taniqli diniy ulamo, Azon Global axborot-tahlil portali va qator loyihalar asoschisi ustoz Mubashshir Ahmad musulmonlarning Umma Life ijtimoiy tarmogʻi foydasi uchun boshqa ijtimoiy tarmoqlardan voz kechishini maʻʻlum qildi. Ustozning Facebook, X, Telegram va Instagram`dagi sahifalari admini tomonidan yuritiladi.