Xitoyning Shensi provintsiyasi hukumati tomonidan Oʻzbekiston yoshlari uchun 1,8 million AQSh dollari miqdorida taъlim granti ajratildi.
Tayvan hukumati mamlakat tarixidagi eng yirik “Xanьguan” nomli harbiy mashgʻulotlarni boshladi.
2030 yilga qadar Xitoy Sharqiy Turkistonda yana 6 ta inson organlari transplantatsiya markazini ochishni rejalashtirmoqda – natijada bunday muassasalarning umumiy soni 9 taga etadi. Donorlik darajasi past va aholi soni kam boʻlgan mintaqa uchun bu holat tushunarsizdir.
Xitoy Pokistonga bergan 3,4 milliard dollar miqdoridagi kreditlarini qaytarish muddatini uzaytirdi. Bu Pokistonning valyuta zaxiralarini 14 milliard dollargacha oshirish imkonini beradi.
Eron-Isroil mojarosi Rossiya va Xitoy uchun toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy aralashuv emas, balki strategik imkoniyat sifatida namoyon boʻladi. Rossiya – mintaqadagi siyosiy taъsirini saqlash va Gʻarbga bosim oʻtkazishni maqsad qilgan boʻlsa, Xitoy – energetika xavfsizligi va “Bir kamar – bir yoʻl” loyihasi doirasida iqtisodiy barqarorlikka erishishni koʻzlaydi.
Kecha, 17 iyunь kuni Ostona shahrida "Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari hamda Xitoy raisi Si Tszinpin ishtirok etgan tadbir soʻngida.
Shavkat Mirziyoev va Xitoy raisi Si Tszinьpin "Markaziy Osiyo – Xitoy" sammiti doirasida muzokara oʻtkazdi. Etakchilar "Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" strategik temiryoʻli qurilishini jadallashtirish muhimligini taъkidlashgan. Taъlim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlash hamda xitoy tilini oʻrganish sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirilgan.
Xitoy Sharqiy Turkistonda amalga oshirayotgan jinoyatlarini yashirish uchun "genotsid turizmi"ni rivojlantirishga urinmoqda.
Afgʻoniston hukumati Rossiya va Xitoy bilan dollarsiz, milliy valyutalarida savdo qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Ruslar bilan muzokaralar ilgʻor bosqichda. Oʻzaro hisob-kitoblarning rublь va afgʻoniyda amalga oshirilishi mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) Xitoy razvedkasi bilan aloqadorlikda ayblanayotgan 7 kishilik josuslik tarmogʻini fosh qildi. Tezkor operatsiya natijasida ularning davlat xizmatchilariga tegishli telefon qoʻngʻiroqlari, SMS xabarlarini kuzatgani hamda uygʻur jamoasi vakillarining joylashuvini aniqlash maqsadida soxta signal uzatuvchi stantsiyalardan foydalangani aniqlangan.