Yahyo Sinvar
-
Aziz oʻquvchilar! Falastin zaminida roʻy berayotgan qonli urush barchamizning qalbimizda chuqur bir yara paydo qildi. Bu yara tanamizga ogʻriq berib, xuddi isitma tutgandek behuzur boʻlar ekanmiz, begunoh falastinliklarga naqadar ogʻir ekanini oz boʻlsa-da tasavvur qilamiz. Ammo marhum qoʻmondon, mard jangchi, oʻz vatani va millatining sodiq oʻgʻloni Yahyo Sinvarning “Chinnigul va tikon” deb nomlangan qissasini oʻqisangiz, bu tasavvurlaringiz yanada kengayadi. Bugundan ushbu asar tarjimasini oz-ozdan eʻʻlon qilib boramiz. Tarjimon – Maʻʻmur Muxtor. Muqaddima va birinchi fasl.
-
HAMAS siyosiy byurosi aʻʻzosi Xalil al-Hayya harakat rahbari Yahyo Sinvarning dushman bilan jangda qahramonlarcha halok boʻlganini eʻʻlon qilar ekan, Isroil qarshilik alangasi oʻchadi deb oʻylasa, adashishini maʻʻlum qildi. “Jihod Falastin ozod qilinmaguncha, oxirgi sionist undan haydalmaguncha va barcha qonuniy huquqlarimiz tiklanmaguncha toʻxtamaydi”, dedi u.
-
HAMAS etakchisi Yahyo Sinvar dushanba kuni Gʻazoda urush boshlanganidan qariyb bir yil oʻtib, mintaqaviy ittifoqchilar koʻmagida Isroilga qarshi kurashni davom ettirish uchun resurslarga ega ekanligini maʻʻlum qildi. Sinvar guruhning Yamandagi ittifoqchilariga yoʻllagan maktubida “uzoq davom etadigan vayronkor urushga qarshi kurashishga tayyormiz”, dedi.
-
Birinchidan, 7 oktyabrʻ hujumining meʻʻmorlaridan biri Yahyo Sinvarning hali hamon Gʻazoning turli qismida samarali kurash olib borayotganiga dalolat qiladi. Urush boshlanganiga bir yilga yaqinlashayotganiga qaramay, Isroil oʻzi va homiysi boʻlgan AQShning barcha ilgʻor harbiy, razvedka va josuslik qurollari bilan ham uni qoʻlga olib, oʻldira olmayapti. Bu Sinvar urush davrida HAMASni ichki va tashqi siyosatda boshqarishga qodir kuchli shaxs ekanini namoyon etadi – Xalqaro munosabatlar boʻyicha tadqiqotchi Mahmud Alluch maqolasida.
-
Eron Haniyaning oʻlimi uchun Isroildan qasos olishini aytib charchamayotgan bir paytda, sionistlarning birinchi raqamli dushmani, qarshilik harakatining 7 oktyabrdagi "Aqso toʻfoni" operatsiyasi tashkilotchilaridan biri, uning manzili haqidagi maʻʻlumot uchun ishgʻolchilar tomonidan 400 ming dollar vaʻʻda qilingan Yahyo Sinvar HAMAS boshqaruviga keldi.
-
HAMAS harakatining Gʻazo sektoridagi rahbari Yahyo Sinvar Eronda oʻldirilgan Ismoil Haniya oʻrniga tashkilot Siyosiy byurosi raisi etib tayinlandi. Yahyo Sinvar kim? Ayrim munosabatlar.
-
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Eron poytaxti Tehronda oʻldirilganidan soʻng uning oʻrniga kim harakat rahbarligini egallaydi, degan savollar paydo boʻldi. Ekspertlar uch kishining nomzodini tilga olishmoqda.


















