Gʻazo sektorida suv taъminoti inqirozi yuqori darajaga etdi. Maъlum qilinishicha, Shujayya hududida isroil hujumlari sabab “Mekorot” kompaniyasining asosiy suv quvuri zararlangan. Oqibatda yuz minglab aholi toza ichimlik suvidan mahrum boʻlgan.


Mahalliy hokimiyatning xabar berishicha, Gʻazodagi suv taъminotining 70 foizi shimoliy quvur orqali amalga oshirilar edi.


Falastin suv resurslari boshqarmasi va Statistika byurosi maъlumotlariga koʻra, Gʻazo sektoridagi suv infratuzilmasining 85 foizdan ortigʻi toʻliq ishdan chiqqan.


Hozirda aholi uchun kunlik suv isteъmoli har bir odamga 3–5 litrni tashkil etmoqda. Bu esa Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti favqulodda holatlarda hayot uchun zarur deb belgilagan 15 litrlik minimal meъyordan ancha pastdir.


Ayni paytda 2,3 milliondan ortiq Gʻazo aholisi, oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan.

Mavzuga aloqador