Ukrainadan Rossiya hududlari dronlar, raketa hamda artilleriya tizimlari yordamida hujumlar davom etmoqda. Belgorod viloyatiga uyushtirilgan hujumlarda ikki kishi halok boʻldi, uch kishi jarohatlandi, 15 ta mashina yonib ketgan.
Rossiyaning Tula viloyati maktablarida 1 martdan hijob va niqobni taqiqlashni rejalashtirilayotgani haqida xabar berilmoqda. Oʻtgan yilning oktyabrida Vladimir viloyatida xuddi shunday taqiq joriy etilgandi.