3-toifali «Milton» toʻfoni AQShning Florida shtatiga etib keldi
AQShda soʻnggi 100 yildagi “eng kuchli”si boʻlishi taxmin qilingan «Milton» toʻfoni Florida shtatining gʻarbiy sohiliga urildi. Yuqori 5-toifali boʻlishi kutilgan toʻfon AQSh qirgʻoqlariga 3-darajaga tushgan holda etib keldi, biroq qurbonlar bor, zarar miqdori oz emas.
AQShda
soʻnggi 100 yildagi “eng kuchli”si boʻlishi taxmin qilingan «Milton» toʻfoni Florida
shtatining gʻarbiy sohiliga urildi. PowerOutage sayti maʻʻlumotlariga koʻra, tabiiy
ofat oqibatidi 2,6 millionga yaqin odam elektr energiyasidan mahrum boʻldi.
“Milton”
Florida sohiliga urilganidan keyin zaiflashdi va AQSh Milliy toʻfon markazi
maʻʻlumotlariga koʻra, hozirda 1-toifali dovul sifatida tasniflangan.
Tampa va Sent-Pitersberg
shaharchalari aholisiga “oʻta xavfli boʻronli shamollar” mintaqa boʻylab
harakatlanayotgani sababli zudlik bilan xavfsiz joyga koʻchish tavsiya qilinmoqda.
Ushbu hududlarda qisqa muddatda 400 mm yogʻingarchilik yogʻdi. Maʻʻlumot uchun, London
shahriga yil boʻyi 600 mm yomgʻir yogʻadi.
Jumladan,
Sent-Pitersbergda suv quvurlari shikastlangan, ichimlik suvi taʻʻminoti yoʻq. Kuchli
shamol va yomgʻir taʻʻsirida kran qulab tushib, uylar va binolarga zarar etkazgan.
Sent-Lyusi
okrugi sherifi Keyt Pierson dovul oqibatida qurbon boʻlganlar haqida maʻʻlum qildi,
biroq tafsilotlarni keltirmadi. Matbuot eng kamida 2 nafar qurbonlar borligini
maʻʻlum qildi.
“Milton”
toʻfoni
Avvalroq
Milliy ob-havo xizmati (NWS) Florida qirgʻoqlariga yaqinlashib kelayotgan «Milton»
toʻfoni soʻnggi 100 yildagi “eng kuchli” boʻlishi mumkinligini maʻʻlum qilgandi.
AQSh
prezidenti Jo Bayden hukumat «Milton» toʻfoni uchun zarur tayyorgarlik koʻrganini
bildirdi. Oq uy rahbari “Milton” asr dovuliga aylanishi mumkinligini taʻʻkidladi.
Milton shtatda 227 kishining hayotiga zomin boʻlgan «Xelen» toʻfonidan koʻp oʻtmay
Floridaga urildi.













