Afgʻoniston oliy taъlim vaziri Shayx Nida Muhammad Nadim Yaponiya elchisi Takayoshi Kuromaya bilan uchrashdi. Muzokaralarda taъlim va gumanitar yordam sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, elchi Yaponiyaning Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan. Shuningdek u, Islom amirligining qator sohalardagi yutuqlarini eъtirof etgan.

Shayx Nadim Yaponiyaga giyohvandlarni davolash va qochoqlar muammolarini hal qilishda koʻrsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirgan. U vazirlikning ham maъnaviy, ham ijtimoiy ehtiyojlarga javob beradigan diniy va dunyoviy taъlimni rivojlantirish tarafdori ekanini alohida taъkidlagan.

Mavzuga aloqador