Afgʻoniston hukumati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohidning maъlum qilishicha, 12 okyabrga oʻtar kechasi oʻtkazilgan operatsiyada 58 nafar pokistonlik harbiy halok boʻlgan va ulardan 30 nafari jarohatlangan. Shuningdek, 20 ta Pokiston xavfsizlik posti vayron qilingan.
Tolo News nashrining xabar berishicha, Afgʻonistonda internet toʻliq tiklangan.
AQSh davlat kotibi Marko Rubioning maъlum qilishicha, “Tolibon” 2024 yilning dekabridan beri Afgʻoniston qamoqxonasida saqlanayotgan amerikalik – Amir Amiriyni ozod qilgan. Rubio shu munosabat bilan koʻrsatgan yordami uchun Qatarga minnatdorlik bildirgan.
Afgʻoniston oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda davlat xizmatchilariga ish joyida smartfonlardan foydalanishni taqiqladi.
Afgʻoniston adliya vazirligi yangi qonun chiqarib, toʻylardagi ortiqcha urf-odat, marosim va xarajatlarni taqiqladi. Hujjatda bu kabi odatlarning Islomga toʻgʻri kelmasligi hamda turgan-bitgani isrofgarchilikdan iboratligi aytilgan. Ushbu taqiq sovchilik marosimi, toʻy oldi va toʻydan keyingi ziyofatlar, hashamatli dasturxonlar, toʻyona, seplar, unashtiruv marosimi, qimmatbaho sovgʻalar almashishdan tortib kelinning kuyovnikiga olib kelishi kerak boʻlgan jihozlargacha oʻz ichiga oladi.
Qirgʻizistonga tashrif buyurgan Afgʻoniston savdo va sanoat vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya mamlakatda rivojlanib borayotgan halol industriya mahsulotlari bilan tanishtirildi.
Afgʻonistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) energetika kompaniyasi va Oʻzbekiston elektr taъminoti sohasida toʻrtta loyiha boʻyicha shartnoma imzoladi.
Ularning 1,4 millioni ogʻir darajadagi ocharchilik holatida. Migrantlarning qaytishi va resurslar kamayishi sababli bu vaziyat kundan-kunga ogʻirlashmoqda.
"BMT betaraf muassasa boʻlib qolishi kerak edi. Biroq hozirda u Gʻarbning siyosiy koʻrsatmalari taъsirida faoliyat yuritmoqda. U oʻz samaradorligi va mustaqilligini yoʻqotgan", degan u.
Tehronning Murtazo Gerd tumanidagi uyda yosh ayol pichoqlangan. Uning ikki yoshdan besh yoshgacha boʻlgan uch farzandi ham vahshiylarcha oʻldirib ketilgan. Afgʻoniston Muvaqqat ishlar vakili Fazl Muhammad Xoqoniy masala allaqachon Eron rasmiylariga yuborilganini va elchixona vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini taъkidlagan.