Kecha, 15 avgust kuni Alyaskada AQSh va Rossiya prezidentlarining soʻnggi 4 yildan ortiq vaqt ichidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Donalьd Tramp va Vladimir Putin AQShning Ankorijdagi Elmendorf-Richardson harbiy-havo bazasida “uchga uch” formatda muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvni ikkala tomon ham konstruktiv va samarali deb baholadi, ammo Ukrainadagi urushni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilgani haqida biror gap-soʻz boʻlmadi. 

Muzokaralar deyarli uch soat davom etdi, shundan soʻng Putin va Tramp jurnalistlar oldiga chiqib, qoʻshma matbuot anjumani oʻtkazdi. 

AQSh prezidenti Fox News telekanaliga bergan yarim soatlik intervьyusida muzokaralar kunini “10 balldan 10 ball” deb baholadi. Uning soʻzlariga koʻra, qoʻshma matbuot anjumanidan soʻng u Kremlь rahbari bilan yakkama-yakka “juda samimiy” suhbatlashgan. Tramp yana urushni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishish endi Vladimir Zelenskiyga bogʻliq ekanini qoʻshimcha qilgan. U Ukraina prezidentiga Putin bilan bitim tuzishni maslahat berdi. Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar haqida esa Tramp yaqin 2-3 hafta ichida oʻylamaslikka vaъda berdi.

Mavzuga aloqador