AQSh: “Eron uranni boyitishni hoziroq toʻxtatishi shart”
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Eron bilan yadro muzokaralarida oldinga siljish boʻlishi uchun Tehron bir nechta strategik yoʻnalishdan butunlay voz kechishi kerakligini qatъiy bayon qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Uning taъkidlashicha, Eron uranni boyitish, ballistik raketa dasturlarini rivojlantirish va mintaqaviy qurolli guruhlarga – jumladan xusiylarga – har qanday koʻmak koʻrsatishni darhol toʻxtatishi shart.
Rubioning bu bayonoti Rimda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan, ammo nomaъlum muddatga qoldirilgan navbatdagi muzokara bosqichi arafasida yangradi. Fox News telekanaliga bergan intervьyusida u shunday dedi:
“Eronning uzoq masofali raketalar yaratishga hech qanday ishonchli ehtiyoji yoʻq, agar bu yadroviy qurol ishlab chiqish rejasi bilan bogʻliq boʻlmasa. Uranni 3,67% gacha boyitish imkoniyati mavjud boʻlsa, uni 90% darajaga etkazish masalasi atigi haftalarga boradi. Bu esa yadroviy qurol degani.”
AQSh rasmiylari Eron yadro yoqilgʻisini xorijdan sotib olishi lozim, deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, Tehronning oʻz hududida uranni boyitishi yadro quroli ishlab chiqishga eshik ochadi.
Tehron esa bu daъvolarni qatъiyan rad etmoqda. Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, uranni tinch maqsadlarda boyitish Eronning Yadro qurolsizlanishi toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomada mustahkamlangan qonuniy huquqidir.
“Eron yadro bombasi yaratishga intilmaydi va muzokaralarga ochiq. Biroq tahdid va bosimlarga yon bermaydi”, deyiladi Eron TIV bayonotida.
Shu bilan birga, Vashington bosim strategiyasini yanada kuchaytirmoqda. Prezident Donald Tramp global neft va neft-kimyo bozoridagi kompaniyalarga Eron bilan har qanday savdo aloqasini toʻxtatishni qatъiy buyurdi. U bunga boʻysunmaslik AQSh sanktsiyalari bilan jazolanishini taъkidladi.
Marko Rubio esa, muzokaralar faqatgina AQSh inspektorlariga Eronning barcha yadro va harbiy obektlariga toʻliq va shartsiz kirish huquqi berilgandagina davom etishi mumkinligini aytdi.













