AQSh Haqqoniyga qoʻyilgan mukofotni bekor qildi
AQSh kutilmaganda Afgʻoniston Islom Amirligi Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy va hukumatning boshqa yuqori lavozimli aъzolari, jumladan, Abdulaziz va Yahyo Haqqoniyning qaerda ekanligi haqidagi maъlumot uchun belgilangan mukofotlarni bekor qildi, deya xabar qildi Ariana News.
Avvalroq ularning har biri uchun 5 million dollar, Sirojiddin Haqqoniy uchun esa 10 million dollar mukofot eъlon qilingan edi.
Afgʻoniston hukumati tomonidan amerikalik fuqaro ozod qilingandan soʻng, mukofotni bekor qilish va ularni “qora roʻyxatdan” chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi. AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bu hodisani ikki tomonlama munosabatlar uchun “ijobiy ishora” sifatida baholadi.
Eslatib oʻtamiz, Haqqoniy tarmogʻi aъzolari AQSh tomonidan Afgʻonistondagi Amerika qoʻshinlari va NATO koalitsiyasi kuchlariga transchegaraviy hujumlarni muvofiqlashtirgani va ishtirok etgani uchun qidiruvga berilgan edi.













