AQSh vakillar palatasi "Tolibon" hisobiga har qanday shaklda mablagʻ oʻtkazishni taqiqlovchi qonun loyihasini maъqulladi. 

"Terrorchilarga bir chaqa ham yoʻq" deb nomlangan ushbu qonunning maqsadi – amerikalik soliq toʻlovchilarning pullari hisobidan Afgʻoniston hukumatiga toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita yoki uchinchi taraflar orqali mablagʻ berilmasligini kafolatlash.

Qonun matnidan: "Agar siz "Tolibon"ni moliyalashtirayotgan boʻlsangiz – demak, siz AQShning doʻsti emassiz", degan keskin bayonot ham oʻrin olgan.
.
Hujjatga koʻra, hatto gumanitar tashkilotlar, xalqaro NNTlar orqali ham "Tolibon"ga bevosita yordam berilishi mumkin emas. 

Bu orqali Vashington "Tolibon" bilan har qanday hamkorlik yoʻllarini rasman yopishni koʻzlayotgani aytilmoqda.

Mavzuga aloqador