Tolo News mahalliy manbasiga tayanib, jumaga oʻtar kechasi Pokiston qiruvchi samolyotlari mamlakat sharqidagi Paktika viloyatiga zarba bergani haqida xabar tarqatgandi.
Afgʻoniston hukumati Amerika Qoʻshma Shtatlariga “Bogʻi orom” (Bagram) harbiy havo bazasini — natija qanday boʻlishidan qatъi nazar — hech qachon topshirmasligini maъlum qildi. Bu haqda “Tolibon” soʻzchisi Zabihulloh Mujohid Sky News telekanaliga bergan eksklyuziv intervьyusida aytib oʻtdi.
Xalqaro jinoiy sud (XJS) Afgʻonistondagi vaziyatni tergov qilish doirasida mamlakat oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda va Afgʻoniston bosh sudьyasi Abdulhakim Haqqoniyni hibsga olishga order berdi. Sudning iddao qilishicha Oxundzoda va Haqqoniy insoniyatga qarshi jinoyatlar, xususan, ayollar huquqlarining jiddiy buzilishida bosh-qosh boʻlgan.
"Terrorchilarga bir chaqa ham yoʻq" deb nomlangan ushbu qonunning maqsadi – amerikalik soliq toʻlovchilarning pullari hisobidan Afgʻoniston hukumatiga toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita yoki uchinchi taraflar orqali mablagʻ berilmasligini kafolatlash. Qonun matnidan: "Agar siz "Tolibon"ni moliyalashtirayotgan boʻlsangiz – demak, siz AQShning doʻsti emassiz", degan keskin bayonot ham oʻrin olgan.
Oʻzbekiston Afgʻoniston muvaqqat hukumatini "vaqti-soati kelganida" tan oladi. Oʻz navbatida bu jarayon xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda amalga oshirilishini istaydi..
Afgʻonistonlik sobiq diplomat mulla Abdussalom Zaifning taъkidlashicha, Zelenskiy Evropa va Amerika manfaatlari uchun oʻz mamlakatini qurbon qilgan va xalqini ikkiyuzlamachilarning qoʻliga qaratib qoʻydi.
Pokiston dunyoning ikki qudratli imperiyasi – SSSR va AQShni magʻlubiyatga uchratgan Tolibonni doim qoʻllab-quvvatlab kelgan, toliblarga boshpana va tayanch vazifasini oʻtab kelgan. Biroq Tolibon Afgʻonistonda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin ularning doʻstligiga putur etdi. Bunga faqat bugungi voqelik sababmi yoki...
“Tolibon” 20 yil muqaddam Afgʻonistonning Nangarhor viloyatida oʻgʻirlab ketilgan va Kaliforniyada umrbod qamoq jazosini oʻtayotgan Xon Muhammad amerikalik asirlar evaziga ozodlikka chiqqanini maʻʻlum qildi. Harakat uning ozod qilinishida yordam bergani uchun Qatarga minnatdorchilik bildirdi.
Afgʻonistonda uylarning derazalarini qoʻshnining uyidagi ayollar koʻrinadigpn qilib qurish taqiqlandi. Agarda uy allaqachon shunday koʻrinishda qurilgan boʻlsa, uy oldiga devor oʻrnatish yoki boshqa yoʻl bilan "qoʻshniga zarar etkazilishining oldini olish" choralari koʻrilishi lozim.
Ozarbayjon "Tolibon" vakillarini BMTning iqlim boʻyicha COP29 xalqaro anjumaniga kuzatuvchi sifatida taklif qildi. Afgʻonlarga “munozaralarda qatnashish va ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishga” ruxsat berilgan.