AQShda minglab xorijiy talabalar vizasi bekor qilindi
Oq uy maъmuriyati tomonidan soʻngi bir oy ichida mingdan ortiq xorijiy talabalar vizasi va huquqiy maqomi bekor qilindi. Associated Press’ning maъlum qilishicha, bu holatdan eng koʻp Hindiston va Xitoy fuqarolari zarar koʻrdi.
Talabalarga vizalarining bekor qilingani haqida elektron pochta orqali xabar berilgan. Deportatsiya xavfi ostida qolgan koʻplab talabalar bekor qilish sabablariga oid rasmiy izoh olmagan.
Manbaga koʻra, viza bekor qilinishining asosiy sababi — talabalar va boshqa xorijiy fuqarolarning Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi namoyishlarda ishtirok etgani bilan bogʻliq.
Shu sababli koʻplab talabalar Tramp maъmuriyatini sudga berdi. Baъzi federal sudyalar, xususan, Dartmut universiteti va Montana shtati universiteti talabalarining huquqiy maqomini vaqtincha tiklash haqida qaror chiqardi.
Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida Prezident Tramp “Antisemitizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi farmonni imzolagan edi. Unda Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi xorijliklarning vizalari bekor qilinishi koʻzda tutilgan.












