AQShning ikkinchi harbiy samolyot tashuvchi kemasi ham Yaqin Sharqqa etib keldi.  

Mamlakat Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligi maъlumotiga koʻra, mintaqada ikkinchi aviatashuvchi kema – USS Carl Vinson oʻz faoliyatini boshlagan.

U endilikda USS Harry Truman bilan birgalikda Qizil dengizda Yaman Husiylarining pozitsiyalariga har kuni zarba beryapti. 

Ushbu aviatashuvchi Eronning yadroviy dasturi boʻyicha muzokaralardan bor-yoʻgʻi ikki kun avval akvatoriyaga kirdi.

Tahlilchilarning fikricha, AQShning harbiy faolligi mintaqada keskinlikni yanada oshiradi. 

Bu yangi toʻqnashuvlar va diplomatik ziddiyatlar davrini boshlab berishi ham mumkin.

Mavzuga aloqador