yaman
-
Mamlakat Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligi maъlumotiga koʻra, mintaqada ikkinchi aviatashuvchi kema – USS Carl Vinson oʻz faoliyatini boshlagan. U endilikda USS Harry Truman bilan birgalikda Qizil dengizda Yaman Husiylarining pozitsiyalariga har kuni zarba beryapti.
-
Joriy yilning mart oyidan beri Yamanda avj olgan vabo epidemiyasidan 720 dan ortiq odam halok boʻldi. Mamlakat boʻylab 203 mingdan ortiq kasallik holati qayd etilgan. JSST maʻʻlumotlariga koʻra, Yamandagi sogʻliqni saqlash muassasalarining atigi 51 foizi toʻliq ishlamoqda, 36 foizi esa cheklangan xizmatlarni taqdim etyapti.
-
Iyulʻ oyi oxirlaridan buyon Yamanda kuzatilayogan kuchli yomgʻir va suv toshqinlari sababli hayotdan koʻz yumganlar soni 61 nafarga etdi. Ularning katta qismi ichki urushlar natijasida koʻchirilgan fuqarolardir. Yaman hukumati xalqaro hamjamiyatdan suv toshqinlari qurbonlariga insonparvarlik yordami ajratilishini soʻradi.
-
Saudiya Arabistoni ijtimoiy tarmoqlar va OAVda qirollik Isroil Yamanning Hudayda shahriga bergan aviazarbalariga aloqador ekani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. “Qirollik hech kimning oʻz havo hududini buzishiga yoʻl qoʻymaydi”, - dedi Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Turki Al-Maliki.
-
Yamanning “Ansarulloh” harakati rahbari Abdulloh al-Husiy 7 iyulʻ kuni Saudiya hukmdorlariga yoʻnaltirilgan strategik xabarda oʻzaro yaqinlashgan ehtimoliy toʻqnashuvlar haqida ogohlantirdi: «Biz, albatta, banklarga banklar bilan, Riyoz aeroportiga Sanaa aeroporti bilan va dengiz portlariga dengiz portlari javob qaytaramiz.» Ushbu ogohlantirish Sanadan Saudiya Arabistoniga qaratilgan soʻnggi tahdidlar toʻlqinidan keyin berildi.
-
Yamanda kuzatilgan kuchli yogʻingarchiliklar tufayli 2 mln ichki qochqinlar yashayotgan 204 ta lagerga zarar etkazdi, 6,5 ming oila boshpanasiz qoldi. Ular oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechak va gigiena vositalariga muhtoj.
-
AQSh va Buyuk Britaniya jangovar samolyotlar va “Tomagavk” raketalari yordamida Yamandagi “ Ansorulloh” (husiylar” harakatining kamida 12 nishoniga zarba berdi. Oʻz navbatida, husiylar dushman kema va harbiy inshootlariga javob zarbalari berganini maʻʻlum qildi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha maʻʻlumot yoʻq.
-
BMT Xavfsizlik Kengashi husiylarning Qizil dengizdagi hujumlarini zudlik bilan toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.
-
Pentagon Yamanning 2 ming dollarlik dronlariga qarshi 2 mln dollarlik raketalardan foydalanish juda qimmatga tushishidan xavotirda.
- 01




















