Asadning rafiqasi ajrashib, Londonga ketmoqchi

Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asad ajrashish uchun ariza berib, tugʻilib oʻsgan vatani Britaniyaga koʻchib oʻtish niyatida ekanini maʻʻlum qildi. Turkiyaning “A Haber” nashrining xabar berishicha, Asma Asad Londonda davolanishni davom ettirish uchun yuridik yordam olish maqsadida yirik firmalarga murojaat qilgan.

2024 yil may oyida unga oʻtkir mieloid leykemiya tashxisi qoʻyilgan va uning onasi ham qizining Londonda davolanish istagini qoʻllab-quvvatlayotgani aytilmoqda. Biroq Asmaning Evropa Ittifoqi va Britaniya tomonidan qoʻllangan sanktsiyalarga duch kelgani uning harakatlarini qiyinlashtirmoqda. Unga sayohat qilish taqiqlangan va aktivlari muzlatilgan.

Hozirda Asma Moskvada qattiq nazorat ostida boʻlib, Rossiyadan chiqish uchun ruxsat soʻragani, ammo bu soʻrov hali koʻrib chiqilayotgani haqida xabar qilindi. Asma Asadning kelajagi noaniq, chunki siyosiy, huquqiy va sogʻliq muammolari uning qarorlariga jiddiy taʻʻsir koʻrsatmoqda.

Mavzuga aloqador