BMT isroildan Suriyaga hujumlarni toʻxtatishni talab qildi
Suriyaning, Jazoir hamda Sudan tashabbusi bilan chaqirilgan BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yigʻilishida koʻplab davlatlar Isroil okkupatsiyasi tomonidan Suriya hududiga uyushtirilayotgan hujumlarni qattiq qoraladi, deya xabar bermoqda Levan24 nashri.
Yigʻilishda Rossiya, Gretsiya, Frantsiya, Daniya, Panama va Turkiya vakillari Suriya suverenitetini qoʻllab-quvvatlashlarini bildirar ekan, harbiy tajovuzni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi. Xabarda aytilishicha, ular yangi hukumatning dushmanlik namoyon etmayotganini va xalqaro hamjamiyat tomonidan koʻmakka loyiq ekanini alohida taъkidlagan.
BMT Bosh kotibi oʻrinbosari Jan-Per Lakrua Damashq, Hama va Homs shaharlari hamda boshqa hududlardagi havo hujumlari va quruqlikdagi harbiy operatsiyalar natijasida tinch aholi orasida qurbonlar boʻlgani haqida maъlumot berdi.
Uning taъkidlashicha, Isroilning mintaqadagi harbiy mavjudlikni saqlab qolish rejalari xalqaro kelishuvlarni buzib, mintaqa barqarorligiga jiddiy tahdid solmoqda.
Livanning tashqi ishlar vaziri Yusuf Reji esa Suriyani tiklash va unga qarshi joriy etilgan sanktsiyalarni bekor qilish jarayonini tezlashtirishga chaqirdi. U bunday qadamlar suriyalik qochqinlarning oʻz uylariga xavfsiz qaytishiga yordam berishini taъkidladi, deiladi xabar matnida.












