Pokiston ulamolari isroilga qarshi jihod fatvosini qoʻllab-quvvatladi
Pokistonning etakchi diniy ulamolaridan biri boʻlgan Muhammad Taqiy Usmoniy xalqqa, “Bugun biz bu erda emas, Gʻazzoda toʻplanishimiz kerak edi”, deya murojaat bilan chiqdi. Bu haqda Daily Islamist Telegram kanalida maъlum qildi.
Uning taъkidlashicha, islom ummati birinchi qibla – Al-Aqso masjidini himoya qilayotgan mujohidlarga deyarli hech qanday yordam koʻrsatmadi.
Muftiy Usmoniy musulmon davlatlarining armiyalari va ularning qurollari foydasizligiga urgʻu berib, “isroil ishgʻoliga qarshi jihod barcha musulmon hukumatlari uchun vojibdir”, dedi.
Unga koʻra, bugun barcha islomiy davlatlar umumiy masъuliyatni oʻz zimmasiga olgan boʻlishi kerak va har bir musulmon oʻz hukumatidan qatъiy harakatlarni talab qilishi lozim.













