Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 369 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Shujayi, Bayt Lahiya, Jabaliya, Nuseyrat va Burij lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 43 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 41 965 kishi shahid boʻldi.

▪️Bosqinchilar Jabaliya lageriga qoʻshimcha kuchlarni oʻtkazmoqda. Koʻchalarda oʻnlab jasadlar yotibdi.

▪️Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi: ishgʻolchilar 24 soat ichida 3 ta: Al-Avda, Kamal Advan va Indoneziya kasalxonalarini evakuatsiya qilishni talab qildi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Tulkarm, Tubas, Jenin, Al-Xalil va Baytlahmga hujum qiladi. Bir kishi halok boʻldi, oʻnlab odamlar hibsga olindi.

▪️Al-Quds brigadalari Jabaliya lageri markazida bosqinchilarga hujum qildi va Merkava tanki portlatib yuborildi.

▪️Hizbulloh 16 ta harbiy amaliyot oʻtkazdi. Eng keng koʻlamlilari Hayfadagi harbiy obʻʻektlarga 150 ta raketa uchirilishi, Sderot va Kiryat Shmonaga hujum boʻldi.

▪️Hizbulloh Livan bilan chegaradagi Labun hududi tomon yurishga uringan bosqinchilar otryadini yoʻq qildi.

▪️Bayrut chetidagi Dahiya tumani butunlay vayron qilindi.

▪️Bosqinchilar Damashq markazidagi turar-joy binosiga hujum qildi. 4 kishi halok boʻldi.

▪️The Washington Post: Netanyaxu Bayden bilan bevosita bogʻlanishga behuda urinmoqda.

▪️Isroil moliya vaziri Smotrich: Bu Isroil tarixidagi eng qimmat urush. Uning narxi hozircha 250 milliard shekelni (66 milliard dollar) tashkil etmoqda. Va davom etadi.

▪️Isroilning KodKod Newsnashri: HAMAS jangchilari qurollanish, jasorat va kuchlarimizga zarba berishga boʻlgan jurʻʻat borasida urush boshidagidek kurashmoqda va ularning jangovar darajasi pasaygani yoʻq, aksincha, oshib bormoqda.

 

Mavzuga aloqador