Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 397 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 61 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 43391 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda Jenin, Salfit, Tubas, Nablus va Tulkarmning koʻp soatlik qamal va vayronagarchiliklardan soʻng 8 nafar falastinlik halok boʻldi.

▪️Al-Aqso brigadalari: Jangchilarimiz Gʻazo bilan chegaradagi Nativ Haatzra aholi punktiga hujum qilishdi.

▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi 14 ta operatsiyani amalga oshirdi. Hayfadagi portlovchi moddalar zavodiga, Maale Golani va Doviev kazarmalariga, Kiryat Shmona, Margalio, Iifta va Naxariya aholi punktlariga hujum qilindi.

▪️Isroilning Livanning Burja va Tir shaharlarini bombalashi natijasida 15 kishi halok boʻldi. Umumiy halok boʻlganlar soni 3013 nafarga etdi.

▪️Venesuela prezidenti Maduro Falastinni himoya qilish uchun islom mamlakatlari xalqlari va Global janub mamlakatlari oʻrtasida ittifoq tuzishga chaqirmoqda.

 ▪️Netanʻyaxu mudofaa vaziri Galantni ishdan boʻshatdi, uning oʻrniga tashqi ishlar vaziri Katts tayinlandi. Tel-Avivda tartibsizliklar boshlandi. 40 kishi hibsga olingan.

Mavzuga aloqador