Eron uzoq masofaga uchuvchi yangi ballistik raketasini namoyish qildi
Eron Mudofaa vazirligi Tehronda oʻtkazilgan rasmiy tadbirda “Qosim Basir” nomli oʻrta masofali yangi ballistik raketasini jamoatchilikka namoyish etdi, deb xabar bermoqda Yeni Şafak nashri.
Taъkidlanishicha, raketaning uchish masofasi kamida 1200 kilometr boʻlib, u zamonaviy yuqori aniqlikdagi yoʻnaltirish tizimi bilan jihozlangan.
Eron rasmiylariga koʻra, “Qosim Basir” AQShning THAAD (Terminal High Altitude Area Defense) kabi ilgʻor raketaga qarshi mudofaa tizimlarini ham engib oʻtish qobiliyatiga ega.
Bu xususiyat raketani AQSh va uning mintaqaviy ittifoqchilarining tizimlariga qarshi samarali vositaga aylantiradi.
Xabarda aytilishicha, raketa 2020 yilda AQSh zarbasi oqibatida halok boʻlgan eronlik general Qosim Sulaymoni sharafiga nomlangan.
Eron Mudofaa vazirligi ushbu raketaning ishlab chiqilishini mamlakatning “assimetrik toʻxtatib turish” strategiyasi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish siyosati ekanini taъkidladi.













