Erondagi portlash oqibatida 25 kishi halok boʻldi
Eron janubida joylashgan portlardan birida sodir boʻlgan kuchli portlash oqibatida kamida 25 kishi hayotdan koʻz yumdi, yana 1100 dan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda mamlakat hukumati vakili rasmiy bayonot berdi.
New York Times nashrining xabar berishicha, hodisaga perxlorat natriyning portlashi sabab boʻlgan. Maъlumki, bu modda raketa yoqilgʻisining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maъlumotlarga koʻra, shu yilning 11 aprel kuni “Shahid Rajaъiy” portiga Xitoydan birinchi partiya — taxminan 1000 tonna raketa yoqilgʻisi uchun moʻljallangan kimyoviy moddalar etkazib kelingan edi.
“Rokna” axborot agentligi portlash zarbasi hattoki bir necha kilometr radiusdagi binolarning derazalari sindirib yuborganini yozdi.
Kontekst’ning xabar qilishicha, port hududidagi yongʻin hali ham toʻliq bartaraf etilgani yoʻq. Kuchli portlash va olov natijasida havo sifati keskin yomonlashgan. Shu bois mahalliy hokimiyat barcha maktablarni vaqtincha yopish haqida qaror qabul qildi.
Hozirda rasmiylar qutqaruv va yongʻin oʻchirish ishlarini davom ettirmoqda. Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.












