Frantsiya shu yilning sentyabridan boshlab, 11–15 yoshdagi barcha oʻquvchilarga maktabda mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlaydi. 

Rasmiylarga koʻra, dars boshlanishidan oldin telefonlar maxsus qutilarga yoki bloklanadigan gʻiloflarga topshiriladi va faqat oʻqish yakunida qaytariladi.

Taъlim vaziri Elizabet Bornning taъkidlashicha, bu choralar oʻquvchilarning ruhiy salomatligi va farovonligini taъminlash uchun zarur. 

U “raqamli tanaffus” dasturining muvaffaqiyatli natijalaridan ilhomlangan holda yangi tizim joriy etilayotganini bildirdi.

Maъlumot uchun, Frantsiya 2018 yilda maktablarda ilk bor telefon cheklovlarini kiritgan edi. 

Natijada bezorilik kamayib, bolalar oʻzaro muloqot va jismoniy faollikni oshirgan.

Mavzuga aloqador