Frantsiya Pokiston bilan nizolashayotgan Hindistonga qurol sotmoqda
Frantsiya Hindistonga 26 ta Dassault Rafale qiruvchi samolyotlarini etkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi.
Nьyu-Dehli qiruvchilarni 2030 yilgacha qabul qilishi kutilmoqda.
Shartnomada, shuningdek, Hindiston samolyotlari dvigatellari, datchiklari va qurollariga texnik xizmat koʻrsatish va taъmirlash ham nazarda tutilgan.
Maъlumot uchun, Hindiston frantsuz qiruvchi samolyotlari bilan bir qatorda Rossiyaning MiG-29K samolyotlaridan ham foydalanmoqda. 2023 yil holatiga koʻra, mamlakatda 42 ta shunday qiruvchi bor edi, ammo ularning deyarli yarmi zaxirada.
Hindistonning qiruvchi samolyotlar parkini yangilash va kengaytirish masalasi 2018 yildan beri ochiqligicha qolmoqda.
Rossiya Hindistonga oʻz zavodlarida MiG-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarishni taklif qilib, ushbu tenderda asosiy daъvogarlardan biri edi.
Biroq 2023 yilda Rossiya Birlashgan Aviatsiya Korporatsiyasi rahbari Yuriy Slyusar tender qoldirilganini eъlon qildi.












