Frantsiyaning yaqin oylarda Falastin davlatini tan olishi mumkinligi haqidagi bayonoti isroilning keskin eъtiroziga sabab boʻldi. 


Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning bu haqdagi fikrlariga qarshi chiqdi.


“Bu kabi harakatlar mintaqamizga tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik olib kelmaydi. Xayoliy Falastin davlatini bir tomonlama tan olish – terrorizmga koʻmak berish va HAMASni mukofotlashdan boshqa narsa emas”, deya taъkidlagan bosqinchi isroil TIV vaziri.


Makron esa Misr safari yakunida “France 5” telekanaliga bergan intervьyusida, “Frantsiya yaqin orada Falastinni tan olishi mumkinligi” haqida bayonot bergandi. 


Eslatib oʻtamiz, Isroilning 2023 yil 7 oktyabrda Gʻazo sektoriga qarshi hujumlaridan soʻng, Ispaniya, Norvegiya, Irlandiya, Sloveniya, Armaniston, Bagama orollari, Trinidad va Tobago, Yamayka va Barbados kabi mamlakatlar Falastinni tan olgan. Natijada, dunyoda Falastin davlatini tan olgan davlatlar soni 146 taga etdi.

Mavzuga aloqador