isroil armiyasining qamal ostidagi Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok boʻlganlar soni 50 933 kishiga etdi. Bu haqda Falastin sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Soʻnggi 24 soat ichida mintaqa shifoxonalariga 64 nafar yarador va 21 nafar halok boʻlgan fuqaroning jasadi etkazilgan. 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Gʻazoda jarohat olganlar soni 116 045 kishiga etdi. 

Vayron boʻlgan binolar ostida esa hanuz minglab qurbonlarning jasadlari qolmoqda, deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi bayonotida. 

Eslatib oʻtamiz, isroil bosqinchilari 18 mart kuni ertalab, 19 yanvar kuni kuchga kirgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini buzgan holda, Gʻazo sektoriga nisbatan intensiv hujumlarni qayta boshladi. Mazkur hujumlar natijasida 1563 kishi halok boʻldi, 4000 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohati oldi.

Mavzuga aloqador