Gretsiyada oʻziga xos holat yuz berdi: bir ayol ChatGPT sunъiy intellekt tizimining foliga ishonib, turmush oʻrtogʻi bilan ajrashdi. 


Gap shundaki, ayol kofe quyqumi suratini ChatGPTga yuborib, undan fol ochib berishini soʻragan.


Natijada, sunъiy intellekt erining boshqa bir yosh ayol bilan yaqin munosabatda ekanini va oilaning buzilishi xavfi borligini bildirgan. Eng qizigʻi sunъiy idrok hatto bu ayolning ismi «E» harfi bilan boshlanishini ham aytgan!


Bashoratga ishongan ayol erini uydan haydab chiqarib, ajrashishga qaror qilgan. Erkak esa bu ayblovlarni qatъyan rad etmoqda. 


Uning advokati bu holatni “misli koʻrilmagan holat” deb atadi va sunъiy intellekt tavsiyalari sudda huquqiy dalil boʻla olmasligini taъkidlagan.

Mavzuga aloqador