Haj ziyoratiga borganlar soni bir milliondan oshdi
Ayni paytda Saudiya Arabistonidagi ziyoratchilar soni 1,07 millionga etdi. Bu haqda mamlakat Haj va Umra ishlari vaziri doktor Tavfiq bin Favzon ar-Robia maъlum qildi.
Vazirning taъkidlashicha, bu yil 1,4 milliondan ortiq Nusuk smart-kartalari berilgan va Nusuk ilovasi orqali 30 dan ortiq yangi raqamli xizmat ishga tushirilgan. Raqamli platforma ziyorat jarayonini toʻliq, jumladan, ruxsatnomalar olish, harakatlanish, tavsiyalar va real vaqt rejimida yangilanishlarni oʻz ichiga olgan holda, etib kelishdan joʻnab ketishgacha qoʻllab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, Tavfiq bin Favzon ar-Robia Mino va Arafotdagi ziyoratchilar lagerlarida joylarni taqsimlash endilikda odamlar oqimini boshqarish tizimlariga toʻliq integratsiya qilinganini aytgan.













