Hindiston Pokiston bilan chegaradagi toʻgʻonlar orqali suv oqimini toʻxtatdi
Hindiston Pokiston bilan chegarada joylashgan Chenab daryosidagi Baglihar toʻgʻoni orqali suv oqimini vaqtincha chekladi. PTI axborot agentligi xabariga koʻra, bunday chora Jelam daryosidagi Kishanganga toʻgʻonida ham qoʻllanilishi mumkin.
Rasmiy maъlumotlarga aytiligicha, Jammu va Kashmirda joylashgan Baglihar va Kashmir shimolidagi Kishanganga gidroelektr stantsiyalari Hindistonga suv chiqishini muayyan vaqt va miqdorda nazorat qilish imkonini beradi.
Hindiston va Pokiston oʻrtasida 1960 yilda imzolangan Hind daryosi boʻyicha kelishuv har ikki davlat, xususan, Pokiston uchun suvdan foydalanish kafolatini taъminlab kelayotgandi. Mazkur shartnoma, hatto qurolli nizo sharoitlarida ham buzilmagan.
Biroq 22 aprel kuni Jammu va Kashmirda roʻy bergan portlashdan soʻng Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakat "terrorizm"ga nisbatan “halokatli javob” berishga tayyorligini bildirgan edi.
Shu fonda suv oqimining toʻxtatilishi nafaqat texnik, balki strategik va siyosiy qaror sifatida talqin qilinmoqda.













