Hindiston Pokiston va unga qarashli Kashmir hududidagi toʻqqizta obъektga aviazarbalar yoʻlladi. Bu haqda TRT nashri xabar qildi. 


Dehli tomonining bayonotiga koʻra, zarbalar aniq nishonga qaratilgan boʻlib, ular harbiy obъektlarga emas, boshqa belgilangan nuqtalarga yoʻnaltirilgan.


Pokiston hukumati ham ushbu hujumni rasman tasdiqladi. Islomobod rasmiylarining bildirishicha, Hindiston uchta alohida hududga raketa hujumlari uyushtirgan. 


Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, zarbalardan soʻng Pokistonning Muzaffarabod shahrida elektr taъminoti butunlay uzilgan.


AQSh prezidenti Donald Tramp Hindistonning raketa zarbalari yuzasidan oʻz fikrini bildirdi.


“Bu – uyatli holat. Biz bu haqda endigina xabar topdik”, dedi Tramp jurnalistlarga. – “Men faqat shuni istayman: bu nizo imkon qadar tezroq toʻxtasin”.


Uning soʻzlariga koʻra, bu kabi vaziyat yuz berishi mumkinligi ilgari ham taxmin qilingan edi, chunki Hindiston va Pokiston “koʻp yillar, hatto asrlar davomida” bir-biriga qarshi kurashib kelmoqda.


Tramp, shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi tarixiy ziddiyatlar yangi toʻqnashuvlarga sabab boʻlishi mumkinligini taъkidladi va tomonlarni vazminlikka chaqirdi.

Mavzuga aloqador