isroil* Bosh vaziri avtohalokatga uchradi
Kecha oqshom isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning korteji Quddus shahrida yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Ynet” nashri xabar berdi.
Hodisa shaharning markaziy hududlaridan birida, piyodalar oʻtish joyi yaqinida sodir boʻlgan.
Dastlabki maъlumotlarga koʻra, avariya oqibatida hech kim jarohat olmagan, sionist Netanyaxuning oʻzi esa voqeadan zarar koʻrmagan.
Hodisa sabab kortejdagi mashinalar piyodalar yoʻlagida vaqtincha toʻxtab qolgan. Voqea joyiga zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari etib kelgan.
Hozirda avtohalokat sabablari oʻrganilmoqda, rasmiy izohlar esa hali berilmadi, deyiladi nashr xabarida.
Maъlumot uchun, yaqinda Keniya poytaxti Nayrobida Prezident korteji tarkibidagi avtomobillardan biri 79 yoshli Buyuk Britaniya fuqarosi Edgar Charlz Frederikni urib yuborgan edi. Afsuski, u olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan avtomobil haydovchisi dastlab hibsga olingan, biroq keyinchalik garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan.













