isroil harbiy samolyotlari Yamanga havo hujumlari uyushtirdi
isroil bosh vaziri Binьyamin Netanьyahuning husiylarga qilingan tahdididan soʻng isroil harbiy samolyotlari Yaman hududiga havodan zarbalar bergani xabar qilindi.
Kuddusdan olingan maъlumotlarga koʻra, isroil ommaviy axborot vositalariga maъlumot bergan yuqori lavozimli rasmiy isroil samolyotlari Yamanda havo hujumlari amalga oshirganini tasdiqladi.
Husiylar isroildagi Ben Gurion aeroportiga zarba bergani, shundan soʻng Netanьyahu Yamanga qarshi javob zarbasi bilan tahdid qilgani maъlum edi.
isroilning Kanal 12 telekanalining xavfsizlik manbalaridan olingan maъlumotlarga tayanib xabar berishicha, isroil samolyotlari Yamandagi 10 dan ortiq nuqtaga taxminan 48 ta bomba tashlagan. Hujumlardan avval isroil rasmiylari AQShni xabardor qilgani qayd etildi.
Bundan tashqari, avval ham havodan zarba berilgan Hudeyda porti yana yoʻnaltirilgan hujumda jiddiy zarar koʻrgani, husiylarga qarashli tsement zavodlari ham oʻqqa tutilayotgani aytildi.
Kanal 13 telekanaliga gapirgan isroillik xavfsizlik rasmiysi havo hujumlaridan keyin husiylar tomonidan boʻlishi mumkin boʻlgan qarshi hujumlarga tayyorgarlik koʻrilayotganini maъlum qilgan.
Husiylarga tegishli “Al-Masira” telekanalining Telegram sahifasida tarqatilgan xabarda Yaman gʻarbida joylashgan Hudeyda porti AQSh va isroil tomonidan 6 marta havo hujumi bilan nishonga olingani maъlum qilindi.
Hudeyda shahrining Bachil tumanida joylashgan tsement zavodi ham isroil hujumlaridan zarar koʻrgan.
Eslatib oʻtamiz, kecha isroil poytaxti Tel-Aviv shahridagi Ben Gurion aeroporti husiylar tomonidan ballistik raketa bilan nishonga olingan edi.
isroil bosh vaziri Binьyamin Netanьyahu shundan soʻng bayonot berib, “Biz AQSh bilan hamkorlikda harakat qilmoqdamiz. Oldin ham husiylarga zarba berganmiz, kelgusida ham bunda davom etamiz”, degan edi.