Isroil Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning Isroildan Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni topshirishi haqidagi bayonotlarini asossiz deb atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ukrainaning Isroildagi elchixonasi avvalroq qoʻlga kiritilgan qurollarni Ukrainaga etkazish masalasi 21 yanvarʻ kuni Isroil tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sharen Xaskel va Ukraina elchisi Evgeniy Korniychuk oʻrtasida muhokama qilingani haqida maʻʻlumot bergan edi. Elchixona xabarida Ukraina elchisi Isroilning ushbu taklifini qoʻllab-quvvatlagani aytilgan.

Biroq, Isroil Tashqi ishlar vazirligi bu daʻʻvolarni rad etib, davlatning Ukrainaga qurol etkazib berish siyosati oʻzgarmaganini taʻʻkidladi. 

 “Hisobotlar asossiz. Isroilning bu boradagi siyosatida hech qanday oʻzgarish yoʻq”, deyiladi Vazirlik bayonotida.

Sharen Xaskelning bildiruvlari esa uning shaxsiy tashabbusi boʻlib, rasmiy Isroil siyosatini aks ettirmasligi qayd etildi. Isroil, oʻz siyosatiga muvofiq, Ukrainaga qurol etkazib berishdan qatʻʻiy bosh tortmoqda.

https://t.me/azon_global/7692
Avvalroq, Shveytsariya prokuraturasi Isroil prezidenti Isaak Gertsogga qarshi “Gʻazo sektorida genotsidga chaqirish”da ayblangan bir necha daʻʻvolarni koʻrib chiqayotgani haqida xabar berilgandi. Isroil turli vajlar keltirib, ayblovlarni rad etgan.

Mavzuga aloqador