isroil* minglab falastinlik mahbuslarni oʻlimga mahkum qilmoqda
Bryusselьda boʻlib oʻtgan Evropa ittifoqining Falastin mahbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi konferentsiyasida Falastin mahbuslari uyushmasi raisi Abdulla al-Zagʻariy isroil* qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarning ogʻir ahvoli yuzasidan jiddiy bayonot berdi.
Uning taъkidlashicha, minglab falastinlik mahbuslar qiynoqlar, shafqatsiz muomala va tibbiy beparvolik sabab halok boʻlmoqda. U bu siyosatni “mahbuslarni jismoniy va ruhiy jihatdan emirib, ularni yoʻq qilishga qaratilgan tizimli amaliyot”, deb atadi.
“isroil* qamoqxonalaridagi sharoitlar falastinliklar uchun haqiqiy qiynoq markazlariga aylangan. Bu jinoyatlar bevosita insoniyatga qarshi jinoyatlar toifasiga kiradi”, dedi uyushma raisi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu holatni ozod etilgan mahbuslarning guvohliklari hamda qamoqxonadagi shart-sharoitlarni oʻrganayotgan advokatlar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar ham tasdiqlaydi.
Al-Zagʻariy, shuningdek, mahbuslarning ochlik, zoʻravonlik, jumladan, jinsiy zoʻravonlikka duch kelayotgani va bu muammolarga mutlaqo eъtibor berilmayotganini taъkidladi. Qamoqxonalar ichida yuqumli kasalliklar keng tarqalayotgani, biroq etarli tibbiy yordam koʻrsatilmayotgani haqida ham ogohlantirdi.
Maъlum boʻlishicha, 2023 yil 7 oktyabrda Gʻazo sektorida keng koʻlamli harbiy harakatlar boshlanganidan buyon tibbiy xizmat koʻrsatilmagani sabab oʻnlab falastinlik mahbuslar hayotdan koʻz yumgan.
Falastin mahbuslari uyushmasi rahbari xalqaro huquqiy institutlarni va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarni oʻz majburiyatlarini bajarishga, isroil*ning bu tizimli qonunbuzarliklariga qarshi qatъiy choralar koʻrishga chaqirdi.
“Xalqaro hamjamiyat befarqlikdan chiqib, isroilning bu vahshiyona siyosatiga nisbatan aniq pozitsiya bildirishga va amaliy choralar koʻrishga majbur,” dedi u.













