Isroil razvedkasi Kipr aeroportlariga joylashtirilmoqda
Kipr hukumati Isroilning Mossad va Shin Bet razvedka agentlarini Pafos va Larnaka aeroportlariga joylashtirish haqidagi talabini qabul qildi. Bu haqda Kipr matbuoti xabar tarqatdi.
Bu qaror Pafos aeroportida terakt sodir etish xavfi haqidagi xabarlardan soʻng qabul qilingan. Shu sababli, barcha aviaqatnovlar Larnaka aeroportiga yoʻnaltirilgan.
Kiprda yashovchi Isroil fuqarolari ham terror xavfi yuqoriligi sababli ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirilgan.
Kipr maʻʻmuriyati Isroil talabiga binoan aeroportlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaror qilgan. Mossad va Shin Bet agentlari aeroportlarda va ular atrofida kuzatuv ishlarini boshlagan.













