Afgʻoniston adliya vaziri Abdulhakim Sheri mamlakatda shariat hukmlarining joriy etilishiga qarshi Gʻarb hukumatlarining tanqidlariga javob berar ekan, “Maqsadimiz dunyoni rozi qilish emas, shariatni tatbiq etish”, dedi.

20 yanvarʻ, dushanba kuni Afgʻoniston Adliya vazirligi qarorgohida boʻlib oʻtgan tadbirda adliya vaziri shayxul hadis Abdulhakim Sheri nutq soʻzlab, mamlakatda shariatning joriy etilishiga oid Gʻarb hukumatlarining tanqidlariga javob qaytardi.

«Bizning vazifamiz dunyoni rozi qilish emas, balki Islom shariatini tatbiq etishdir», - dedi u.

Ushbu tadbirda mMuftiy Fazl Hodi Sohibzoda ham chiqish qilib, «mamlakat qonunchiligi Islom amirligi boshqaruvga kelgach, qayta koʻrib chiqilgani va oʻzgartirilgani»ni aytib oʻtdi.

«Hozirda barcha qonunlar ijtihod manbalaridan olingan hamda ulamolar tomonidan maʻʻqullangan», dedi u.

Maʻʻlumot uchun, bundan oldinroq BMT Afgʻonistonga qarshi sanktsiyalarni saqlab qolishga qaror qilgandi.

Mavzuga aloqador