AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Tramp Rojdestvo munosabati bilan qilgan kinoyali murojaatida Panama kanali va Xitoy harbiylari haqida bayonot berdi. U oʻzining Truth Social sahifasida «Panama kanalini noqonuniy ravishda boshqarayotgan ustomon Xitoy harbiylari»ni Rojdestvo bilan tabrikladi.

Tramp oʻz bayonotida Panama kanali qurilishi chogʻida AQSh tomonidan 38 ming kishi yoʻqotilganini va kanalning texnik xizmat koʻrsatuvi uchun milliardlab dollar sarflanganini taʻʻkidlagan. Shu bilan birga, u Qoʻshma Shtatlarning kanalni boshqarish huquqiga ega emasligiga tanqidiy yondashib, bunday «adolatsizlik»ni toʻgʻirlash vaqti kelganini qoʻshimcha qilgan.

Trampning «Kanada AQShning 51-shtatiga aylanishi kerak»ligini taʻʻkidlagani va Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoni «gubernator» deb atagani ham keng muhokamalarga sababchi boʻlgandi.

Trampning Panama kanali haqidagi bayonoti ushbu mamlakatda noroziliklarga sabab boʻldi. Panama prezidenti Xose Raul Mulino mazkur bayonotga keskin munosabat bildirib, mamlakat suverenitetiga tajovuz qilinishini rad etdi.

Mavzuga aloqador