Rossiyadagi Russia Today (RT)  telekanali oʻtgan yili xorijda Kremlь targʻiboti uchun 31,7 milliard rublь sarfladi. Bu kanal tarixidagi rekord koʻrsatkich boʻlib, 2023 yilga qaraganda 4,2 milliard rublga koʻp.


Eъtiborlisi, RT byudjeti deyarli toʻliq davlat tomonidan moliyalashtiriladi. 2024 yilda kanalga 28,6 milliard rublь ajratilgan boʻlsa, 2025 yilda bu raqam 31,1 milliardga etishi kutilmoqda. Bu mablagʻ hatto baъzi Rossiya mintaqalari yillik byudjetidan ham yuqori.


Oʻtgan yilda RT 410 million rublь foyda koʻrgan va bu kanal uchun 2022 yildagi zararli hisobotdan soʻng katta oʻsish hisoblanadi.


Shunga qaramay, RT davlat mablagʻlarining qanday sarflangani haqida ochiq hisobot bermagan. Bundan tashqari, kanal arab tilidagi auditoriyani kengaytirishga alohida eъtibor qaratmoqda.

Mavzuga aloqador