Rossiya oʻz armiyasini qurol-aslaha va tenik uskunalar bilan taъminlashda Shimoliy Koreyadan (KXDR) katta miqdorda harbiy yordam olmoqda, deb xabar qildi Reuters.  


Manbaga koʻra, soʻnggi 20 oy davomida KXDRdan Rossiyaga 64 ta yirik dengiz yuk tashuvlari amalga oshirilgan. Bu davr ichida 4 milliondan 6 milliontagacha artilleriya snaryadlari etkazib berilgan.


Britaniyaning Open Source Centre tahlilchilari rus armiyasi soʻnggi oylar ichida foydalanayotgan oʻq-dorilarning qariyb 50 foizi aynan Shimoliy Koreya orqali etkazilganini aytishmoqda.


Shuningdek, Ukrainadagi Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov ham bu xabarni tasdiqlagan.


Gʻarb rasmiylariga koʻra, Rossiya 2024 yil davomida ichki ishlab chiqarish orqali atigi 2 milliondan 2,3 milliontagacha oʻq-dori ishlab chiqargan xolos. Bu esa Shimoliy Koreyadan kelayotgan yordam Rossiya uchun muhim strategik manbaga aylanganini koʻrsatadi.

Mavzuga aloqador