Shimoliy Kiprda hijob taqish taqiqlandi
Shimoliy Kipr Turk Respublikasida maktab formasi boʻyicha yana bir bahsli masala yuzaga keldi. 2025 yil 14 mart kuni Vazirlar Kengashi janjalli qarorni qabul qildi, bu esa oʻquvchi qizlarning diniy erkinliklarini cheklash sifatida baholanmoqda.
Anъanaviy hijoblar rasmiy ravishda taqiqlangan. Buning oʻrniga alternativ variant sifatida shapka yoki boshqa turdagi oddiy bir rangdagi, hech qanday diniy belgilarga ega boʻlmagan bosh kiyim kiyish taklifi berilgan.
Barchasi Lefkoshe shahridagi oʻrta maktablarning birida yuz bergan voqeadan boshlandi. Maktab oʻquvchisiga hijobda darsga kirish taqiqlangach, bu holat oilaviy mojaroga, soʻngra esa butun mamlakat boʻylab dunyoviylik va diniy huquqlar mavzusidagi muhokamalarga sabab boʻldi.
Taъlim vaziri Nazim Chavushoʻgʻlu bu qarorni “tarixiy qadam” deb atadi, ammo muxolifat uni erkinliklarni sunъiy cheklashga urinish sifatida baholamoqda.













