Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush fonida Shvetsiya hukumati fuqarolarni himoya qilish uchun 100 million krona ajratib, mamlakatdagi keng qamrovli yadro bunkerlari tarmogʻini yangilash va mustahkamlash ishlarini boshladi. 


Daily Mail'ning maъlum qilishicha, mamlakat 64,000 yadroviy boshpanani favqulodda vaziyatlar uchun shay holatga keltirmoqda va 5 million xonadonga ogohlantirishlar bergan. Ushbu boshpanalar portlash, radiatsiya va kimyoviy qurollardan himoya qilish uchun moʻljallangan. 


Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson bergan bayonotida: “Biz urush holatida emasmiz, ammo tinchligimizga tahdid ham yoʻq deyishdan yiroqmiz”, deya taъkidlagan. Shu sababli, hukumat “umumiy mudofaa” strategiyasini kuchaytirdi. Loyihaning ikki-uch yil davom etishi rejalashtirilgan.

Mavzuga aloqador