Suriya Frantsiya bilan 30 yillik shartnoma imzoladi
Suriya hukumati Frantsiyaning yirik xalqaro kema tashish kompaniyasi — CMA CGM bilan Lazzoqiya portini rekonstruktsiya qilish va boshqarish boʻyicha 30 yilga moʻljallangan kelishuvga erishdi. Loyihaning umumiy qiymati 230 million evroni tashkil etadi.
Shartnomaga koʻra, port hududida 1,5 kilometr uzunlikdagi, 17 metr chuqurlikdagi yangi toʻxtash joyi (prichal) quriladi va yirik hajmdagi kemalarni qabul qilishga moʻljallangan infratuzilma yangilanadi.
Moliyaviy taqsimot boʻyicha, portdan tushadigan daromadning 60 foizi Suriya tomoniga, qolgan 40 foizi esa CMA CGM kompaniyasiga oʻtadi.
Bu kelishuv, prezident Bashar Asad hokimiyatdan ketganidan soʻng, prezident Ahmad ash-Sharъ rahbarligida amalga oshirilgan ilk yirik xorijiy investitsiya asosidagi bitm hisoblanadi.













