Suriyaning yangi rahbari Ahmad ash-Sharʻʻ Rossiya bilan yaqin strategik munosabatlarni davom ettirish niyatida ekanligini bildirdi. U Moskva bilan munosabatlarni uzishdan koʻra, hamkorlikni saqlash muhimligini taʻʻkidladi.

Suriya etakchisi Rossiyani dunyodagi ikkinchi qudratli davlat sifatida taʻʻriflab, bu mamlakatning Suriyadagi ahamiyatiga izoh berdi.
 
«Suriyaning barcha qurollari Rossiyadan keltirilgan va koʻplab elektr stantsiyalar rossiyalik mutaxassislar tomonidan boshqariladi. Biz Rossiyaning Suriyani tezkor tark etishini istamaymiz», dedi u. 

Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalari va qoʻshma operatsiyalari Asad rejimi davrida hukumatning hokimiyatda qolishida muhim rolʻ oʻynagan. Shunga qaramay, ash-Sharʻʻ yangi hukumatning Rossiya bilan munosabatlarini qayta koʻrib chiqishini bildirdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning taʻʻkidlashicha, Rossiya bazalari taqdiri boʻyicha muzokaralar oʻtkaziladi.

«Faqat bazalarni saqlab qolish emas, balki ularning texnik faoliyati, taʻʻminot va mahalliy hamkorlik shartlari muhokama qilinishi lozim», deydi Lavrov. 

Ash-Sharʻʻ mamlakatdagi oʻtish jarayoni davomida Suriyada barqarorlikni saqlash va tashqi ittifoqlar bilan hamkorlikni yoʻqotmaslik kerakligini taʻʻkidladi. Shuningdek, u Rossiya va Suriya oʻrtasidagi umumiy strategik manfaatlarga urgʻu berdi.

Mavzuga aloqador