Suriya Rossiya bilan Tartus portini ijaraga olish boʻyicha kelishuvni bekor qildi
Suriya 2019 yilda Bashar Asad davrida imzolangan Tartus portini Rossiyaning «Stroytransgaz» kompaniyasiga 49 yilga ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qildi. Port faoliyatidan olingan barcha daromadlar Suriya davlati manfaatlari yoʻlida foydalaniladi.
Suriya
2019 yilda Bashar Asad davrida imzolangan Tartus portini Rossiyaning
«Stroytransgaz» kompaniyasiga 49 yilga ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomani
bekor qildi. Bu haqda Tartus bojxona boshqarmasi direktori Riyod Judiyga tayangan
holda “Al-Vatan” arab nashri xabar berdi.
Judiyning
soʻzlariga koʻra, Suriya port ustidan nazoratni tiklagan.
“Rossiya kompaniyasi bilan imzolangan Tartus portiga sarmoya
kiritish shartnomasi bekor qilindi. Port faoliyatidan olingan barcha daromadlar
Suriya davlati manfaatlari yoʻlida foydalaniladi”, - dedi Judiy.
Shuningdek,
u port ishchilari rus mutaxassislari tomonidan modernizatsiya qilinmagan eskirgan
uskunalarni tiklashga qaytishayotganini va shuning uchun Tartusni qayta tiklash bilan
yangi hokimiyatning oʻzi shugʻullanishini taʻʻkidladi. Rossiya tomonidan hech
qanday izoh berilmagan.
Avvalroq Suriyaning
yangi hukumati bir necha bor Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining 720-logistika
punkti joylashgan Tartusda rossiyalik harbiylar mavjudligini saqlab qolish
tarafdori ekanini ochiq bildirgan edi. Ustuvorliklar oʻzgarishiga nima sabab ekanligi
va Suriya rasmiysining soʻzlari ishlarning haqiqiy ahvoliga qay darajada mos
kelishini vaqt koʻrsatadi.













