Putinning maъlum qilishicha, ruslar otgan ikki raketa laynerga toʻgʻridan-toʻgʻri tegmagan, balki undan bir necha metr uzoqlikda portlagan. Ozar samolyotiga raketalarning parchalari zarar etkazgan boʻlishi mumkin. Shuningdek, Rossiya rahbari oʻsha vaqtda paydo boʻlgan Ukraina droni ham aviahalokat aybdori ekani haqidagi taxminni ilgari surdi.
Rossiyada mehnat qilayotgan fuqarolar uchun til va bilim sinovlarini soddalashtirish taklifini ilgari surildi. Bu haqda Migratsiya agentligi direktori Behzod Musaev maъlum qildi.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Munira Nizomovaning maъlum qilishicha,
RF tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, Ozarbayjon havo yoʻllariga tegishli samolyot uchun sugʻurta kompaniyasi 1 milliard 3 million rublь miqdorida toʻlovni amalga oshirgan. Shuningdek, halokatda jabrlangan va hayotdan koʻz yumgan yoʻlovchilarning yaqinlariga 358,4 million rublь (qariyb 4,4 million dollar) miqdorda pul berilgan.
Donald Tramp Pentagonga AQSh qurolli kuchlarini qayta qurish va zarurat tugʻilganda Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun tayyorlashni topshirdi.
Rossiya asosan xomashyo sotmoqda. Evaziga Xitoydan mashinalar, uskunalar va kiyim-kechak import qilyapti. The Economist tahlilchilari bu holatni “savdo balansi boʻyicha mustamlakachilik modeli” deb atagan. Yaъni, Moskva yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqara olmaydi. Xitoy esa ruslardan arzon resurslarni olib, oʻzining tayyor mahsulotlarini ularga sotadi.
Rossiyalik Roman Germaniyaga taъlim olish uchun kelgan va bu erdagi hayotni yaxshi biladi. U bloger Dmitriy Mashkovga bergan intervьyusida Rossiyadagi markaziy osiyoliklarning Evropadagi muhojirlardan farqiga toʻxtaldi.
Yangi oʻquv yilidan boshlab rus maktablarida taъlim jarayonida sezilarli oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Asosiy yangilik – ayrim fanlar hisobidan tarixiy bilimlar va maъnaviy-vatanparvarlik gʻoyalariga asoslangan darslarni kuchaytirishdir.
Gap shundaki, yuk xaltasida isiriq boʻlgan ikki nafar tojikistonlik ayol Rossiya aeroportida qoʻlga olingan. Unga nisbatan RF Jinoyat kodeksining 228-moddasi (2-qism) va 229.1-moddasi (3-qism) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ushbu moddalar giyohvand moddalarni sotish, maqsadsiz saqlash, tashish va qayta ishlash hamda ularni noqonuniy ravishda chegaradan olib oʻtish kabi ayblovlarni nazarda tutadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh etakchisi Donalьd Tramp bilan oʻtkazgan muzokaralaridan soʻng Saudiya Arabistoni voris shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan qoʻngʻiroqlashdi. Oʻzaro suhbatda Putin va Trampning Alyaskadagi kelishuvlari muhokama qilingan.